O'tkir nishonlar serialining davomi suratga olinmoqda

Angliyaning Stok on Trent shahrida mashhur O'tkir nishonlar serialining navbatdagi qismlarini suratga olish ishlari boshlab yuborildi. Internet tarmog'ida loyihaning ilk kadrlari paydo bo'ldi va muxlislar orasida katta qiziqish uyg'otdi. Yangi mavsumda tomoshabinlar Shelby oilasining keyingi avlodi boshidan kechirgan voqealarga guvoh bo'lishadi. Bu haqda rozetked.me xabar beradi.

Serial voqealari 1953 yilda, ya'ni urushdan keyingi Birmingem shahrini qayta tiklash davrida bo'lib o'tadi. Syujet markazida shahar ustidan nazorat o'rnatish uchun kurashayotgan Shelby oilasi vakillari turadi. Ijodkorlar ushbu hikoyani kamida ikki mavsum va har biri bir soatlik oltita epizoddan iborat qilib taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Loyiha ustida mashhur Kudos ijodiy guruhi ish olib bormoqda. Rollarni ijro etuvchi aktyorlar tarkibida Kel O'Driskoll, Fintan Shevlin va Jeykob Rayt kabi nomlarni ko'rish mumkin. Eslatib o'tamiz, 6 mart kuni serial asosida suratga olingan film cheklangan prokatda namoyish etila boshlandi. Netflix platformasida esa O'tkir nishonlar: Bemisl odam filmi 23 mart kuni premyera qilinadi.

[media=https://vk.com/video_ext.php?oid=-29218811&id=456248675] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!