“Qonundan tashqari” filmining ilk kadrlari internetga chiqdi (video)

“Qonundan tashqari” nomli yangi jangari filmning ilk kadrlari internetga chiqdi va kino muxlislari darhol qiziqish bilan muhokamaga kirishdi. Kartina rejissyori — o‘ziga xos uslubi, tezkor montaji va hazil aralash shiddatli sahnalari bilan tanilgan Gay Richi. Bu safar u yana bir katta loyihaga qo‘l urgan: filmda Genri Kavill, Jeyk Gillenxol va Eysa Gonsales kabi yirik yulduzlar bosh rollarni ijro etgan.
Syujet markazida elita jangchilari va tezkor xodimlardan tuzilgan guruh turadi. Ular o‘g‘irlab ketilgan ulkan mablag‘ni — gap milliard dollar haqida ketyapti — qaytarib olishi kerak. Vazifa oddiy emas: pulni o‘zlashtirgan ta’sirli magnatni topish, uning zanjirini yechish va mablag‘ni iziga tushish talab qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, hujum, ta’qib, hiyla, to‘qnashuv va juda ko‘p xavf.
Ilk kadrlardanoq film kayfiyati seziladi: kuchli dinamika, xatarli missiya, qahramonlar o‘rtasidagi qattiq muloqot va “hozir yoki hech qachon” degan ruh. Gay Richi bunday syujetlarda odatda bir narsani yaxshi qiladi: voqealarni tez aylantiradi, qahramonlarni bir-biriga to‘qnashtiradi va tomoshabinni oxirigacha ushlab turadi.
Ma’lum qilinishicha, film premerasi 15 may kuni jahon prokatida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, kartina Rossiyada ham namoyish etilishi aytilmoqda.
Qisqasi, “Qonundan tashqari” — bu yilning eng shov-shuvli ekshn loyihalaridan biri bo‘lishi mumkin. Qolaversa, Kavill + Gillenxol + Gay Richi degan uchlik odatda “so‘zsiz ko‘ramiz” degan signal. 15 maygacha esa muxlislarga bitta vazifa qoladi: treyler va yangi kadrlarni kuzatish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!