33 yoshli qo‘shiqchi Sioned Vin Roberts Britaniyaning Voice shou-ko‘rsatuvi (Rossiyadagi «Golos» shousining muqobili)da ishtirok etishiga bir necha kun qolganida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Daily Mail»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Tanlov ishtirokchisi 30 mart, payshanba kuni hakamlar qarshisida chiqish qilishi kerak edi. Ayol seshanba kuni kechqurun uyida to‘satdan yiqilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Deniel Jons ayolni xushiga keltirishga uringan, biroq uning harakatlari behuda ketgan.
Hodisa joyiga etib kelgan shifokorlar ayolni darhol jonlantirish bo‘limiga yuborgan. Shifokorlar klinik o‘limni qayd etganidan so‘ng, yana bir yarim soat uni hayotga qaytarishga harakat qilgan, ammo foydasi bo‘lmagan.
Robertsning to‘rt farzandi bor edi, eng kenjasi yaqinda to‘rt yoshga to‘lgan edi. Kutilmagan o‘lim sabablari ma’lum qilinmagan.
Ayol mahalliy CôrNarfon xorida qo‘shiq kuylagan. Oila a’zolarining aytishicha, qo‘shiqchi avval Voice’da ishtirok etgan va X Factor tanlovida qatnashishni rejalashtirayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi