Rayhon “Dil poralar” nomli videoklip premyerasini namoyish qildi

O‘zbek estradasi yulduzi Rayhon muxlislariga “Dil poralar” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.
Qo‘shiq muallifi Alem Choriyev bo‘lib, u nafaqat musiqasini, balki matnini ham yaratgan. Aranjirovka ustida esa Jamshid Gafarov mehnat qilgan. Klipning rejissyori sifatida Yodgor Nosirov ish olib borgan.
Videoklipda xonandaning o‘zi bilan birga uning turmush o‘rtog‘i Farxod Alimov ham ishtirok etdi. “Dil poralar” klipida muhabbat, iztirob va ichki kechinmalar san’atkorlarning badiiy obrazlari orqali jonli ifodalangan.
Rayhon yangi qo‘shig‘i bilan muxlislariga nafaqat musiqiy zavq, balki chuqur hissiyotlarni ham taqdim etishga intilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing