Munisa Rizayeva ajrashgan qizlarga murojaat qildi

Munisa Rizayeva “Shirchoy” ko‘rsatuvida bergan intervyusi davomida turmushdan ajragan qizlarga murojaat qildi. Xonandaning ta’kidlashicha:
“Men aslida oila va baxt tarafdoriman. Bugungi kunda ayrim qizlar turmushidan ajralib, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqida noto‘g‘ri talqinlar berib, mashhurlikka erishayotganini ko‘rib turibmiz. Shu sababli men doim Instagram sahifamda ‘qizlar, ajrashmanglar’ deb murojaat qilaman. Bizning ota-onalarimiz bizni boshqacha tarbiya qilishgan. Oilada turli vaziyatlar bo‘lishi tabiiy”, — dedi xonanda.
Izohlarda esa ko‘plab kuzatuvchilar xonandaning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, unga ijobiy munosabat bildirishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing