Rejissyor Ikrom Ali xonandalikda debyut qildi (video)

Rejissyor Ikrom Ali xonandalikda debyut qildi (video)

Rejissyor Ikrom Ali xonandalik sohasida ham o‘zini sinab ko‘rdi va yangi musiqiy asarini taqdim etdi. Uning ilk qo‘shig‘i “Onasi” deb nomlanib, 8 iyun kuni tinglovchilar e’tiboriga havola etilgan.

Mazkur qo‘shiq qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otib, 3 kun ichida 100 mingga yaqin tomosha to‘pladi. Bu esa loyiha tomoshabinlar orasida yaxshi kutib olinganini ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar qo‘shiqni iliq qabul qilib, uning mazmuni va ijrosiga nisbatan samimiy izohlar qoldirishmoqda. Ko‘pchilik bu asarni hissiyotga boy va ta’sirli ijodiy ish sifatida baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar