21 157
Nilufar Usmonova: “Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim bilan tarixda qolsam kerak”
Bugun xonanda Nilufar Usmonova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Xonanda bugun 30 yoshni qarshi oldi, deb yozadi «Darakchi.uz».
6 aprel sanasi kirib kelishi bilan xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasiga minatdorchilik so‘zlari bitilgan post yozib qoldirdi.
“Bu dunyoga kimlar kelar, kimlar ketar, ammo hamma-hammaga ham tarihda qolish nasib qilavermaydi, lekin Ollohga ming shukrlar bo‘lsinki, yaqingina o‘tmishda taqdir meni tug‘ilishim bilanoq tarixga muhrladi. Bu ham bo‘lsa onam tufayli! Tarixda san’atim zo‘r yoki iste’dodim bo‘lgani uchun emas, aynan Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim uchun qolsam kerak, deb o‘ylayman.
Aziz onajonim, meni dunyoga keltirganingiz uchun, menga oq sut berganingiz uchun, o‘z paytida qattiqqo‘lik qilib, mehringizni ham ayamaganingiz uchun Sizga adoqsiz rahmat! To tirik ekanman men sizning o‘sha jajjigina Nilifaringiz bo‘lib qolaman. Taqdirimda boringizga, yashashni o‘rgatganingizga tashakkur. Doim sizni sevib, mehringizdan quvvat olguvchi qizingiz Nilu...”
Xonandani birinchi bo‘lib tabriklagan uning turmush o‘rtog‘i bo‘ldi. “Sevimli insoning birinchi bo‘lib tabriklaganda ajoyib hislarni tuyasan...”
Nilufar Usmonova bundan roppa-rosa bir oy oldin to‘rtinchi bor ona bo‘lgan edi. U to‘rtinchi farzandi, qizi Sa’diyani dunyoga keltirdi, ertaga qizi 1 oylik bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi