date

Zebiniso Holiqova qizining 2 yoshini nishonladi (video)

Zebiniso Holiqova qizining 2 yoshini nishonladi (video)

Zebiniso Holiqovaning qizi Mumtozbegim 2 yoshni qarshi oldi. Aktrisa ushbu quvonchli kun munosabati bilan bayramdan olingan surat va videolarni o‘zining Instagram sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kichkintoyning shukrona kuni bog‘chada, dugonalari davrasida juda chiroyli va samimiy tarzda nishonlangan. Bayram bolalarcha quvonch, kulgi va iliq muhitda o‘tib, unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan.

Aktrisa postlariga “Mumtozbegim 2 yoshda”, "2 yoshing muborak bo'lsin Mumtozbegim" deya yozib qoldirgan. Tadbir davomida bolalarni xursand qilish maqsadida kichik mehmonlarga turli sovg‘alar ulashilgan. Bolajonlar birga o‘ynab, mazali tortdan bahramand bo‘lishgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa kichkintoyni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, unga sog‘lik, baxt va yorqin kelajak tilashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zebiniso Holiqova qizining 2 yoshini nishonladi (video)