Dua Lipa konsert filmini YouTube’da bepul namoyish qiladi

Dua Lipa muxlislari uchun yangi musiqiy loyiha tayyorladi. Xonanda “Dua Lipa (Live from Mexico)” nomli konsert filmi hamda jonli albomini taqdim etishini ma’lum qildi.
Mazkur loyiha “Radical Optimism” turi doirasida Mexiko shahrida bo‘lib o‘tgan yakuniy konsertlar asosida tayyorlangan. Konsert filmi 21 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da YouTube’da bepul namoyish etiladi.
Jonli albom esa 22 may kuni barcha musiqiy platformalarda taqdim qilinadi. Film treylerida Dua Lipa muxlislariga minnatdorlik bildirib, ushbu tur faoliyatidagi eng go‘zal va muhim tajribalardan biri bo‘lganini aytgan.
Albom va filmga “Training Season”, “Levitating”, “Physical”, “Houdini”, “Don’t Start Now”, “New Rules”, “One Kiss” hamda boshqa mashhur qo‘shiqlarning jonli ijrolari kiritilgan.
Avvalroq Dua Lipa o‘z suratidan reklamada ruxsatsiz foydalangani uchun Samsung kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!