date

Aktyor Shahzod Sultonovdan kutilgan fotiha yangiligi (video)

Aktyor Shahzod Sultonovdan kutilgan fotiha yangiligi (video)

Aktyor Shahzod Sultonov so‘nggi paytlarda Instagram sahifasida e’lon qilayotgan videolari bilan muxlislar diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Unda avval qiz bilan tanishish jarayonidan tortib, to‘y taklifnomalarigacha bo‘lgan lahzalar ketma-ket ulashilgan edi.

Yaqinda joylangan yangi video orqali aktyor fotiha marosimi bo‘layotganini ma’lum qildi. U post ostida: “Mana fotihaga ham yetib keldik, nasib!” deya izoh qoldirgan.

Videoda fotiha uchun tayyorlangan barcha tadbirlar — “Sh&M” yozuvi tushirilgan chiroyli tort, turli taomlar va shirinliklar, shuningdek, sovg‘alar qiz tomonga yuborilayotgani aks etgan.

Muxlislar va kuzatuvchilar ushbu lahzalarga iliq munosabat bildirib, izohlarda unga baxt va omad tilashmoqda.

Biz ham ijodiy jamoamiz nomidan Shahzod Sultonovga baxt va saodat tilab qolamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Shahzod Sultonovdan kutilgan fotiha yangiligi (video)