Aktyor Azamat Axrorovning o‘g‘li 3 yoshni qarshi oldi (video)

“Amiran”, “Qaysarginam” va “Asal oyi” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan aktyor Azamat Axrorov o‘g‘li Abubakrning 3 yoshga to‘lganini ma’lum qildi.
Aktyor Instagram sahifasida tug‘ilgan kun bayramidan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. Unda Azamat Axrorov oilasi davrasida o‘g‘lining tavallud kunini nishonlayotgani aks etgan. Abubakr o‘zi uchun maxsus tayyorlangan tortdagi 3 raqamli shamni o‘chirib, undan tatib ko‘rdi.
Azamat Axrorov video ostiga “Abubakrim, 3 yoshing muborak!” deya samimiy tilaklarini yozib qoldirgan.
Aktyorning kuzatuvchilari ham izohlarda kichik Abubakrni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, baxt va quvonchga to‘la bolalik tilagan.






























Izohlar 0
…