date

Zalda kutilmagan holat: muxlisa Burak O‘zchivitning qo‘lini o‘pdi (video)

Zalda kutilmagan holat: muxlisa Burak O‘zchivitning qo‘lini o‘pdi (video)

Turk aktyori Burak O'zchivitning 22 may kunidagi O‘zbekistonga tashrifi kutilganidek katta qiziqish uyg‘otdi. 23 may kuni uning ishtirokida “Istanbulning eng go‘zal qizi” spektakli namoyish etildi.

Spektaklda Burak O'zchivit ijro etgan qahramon — oddiy avtomexanik Oktem bo‘lib, u Istanbulning shovqinli va tartibsiz hayotida kechadigan o‘z hayotiy hikoyasini so‘zlab berdi. Asarda inson taqdiri, orzu-umidlar, hayot sinovlari va muhabbat kabi mavzular chuqur yoritildi.

Spektakl davomida aktyor sahnadan tushib, muxlislar orasida yurgan paytda kutilmagan holat yuz berdi — tomoshabinlardan biri uning qo‘lini o‘pib oldi. Ushbu kadr ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Kimdir buni oddiy muxlislik hissi sifatida qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar bunday harakatni haddan oshish va madaniyatga zid deb baholamoqda.

Shoudan so‘ng vaziyat yanada keskinlashdi. Ayrim ayol-qizlarning tartibsiz harakatlari sabab aktyor deyarli olomon ichida qolib ketdi. Hatto fotosessiya vaqtida u muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushgani ham aytilmoqda.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘pchilik madaniyat va o‘zaro hurmat masalasiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zalda kutilmagan holat: muxlisa Burak O‘zchivitning qo‘lini o‘pdi (video)