
Shu kunlarda “Istiqlol” san’at saroyi chinakam ma’nodagi san’at shinavandalarini o‘z bag‘riga chorlamoqda. 10 yillik tanaffusdan so‘ng Yulduz Usmonova yana katta sahnada sog‘ingan muxlislari uchun konsert taqdim etyapti.
Konsert kutilmagan tuhfalarga bosh bo‘lishi bilan birga tashrif buyurayotgan mehmonlar bilan ham lol qoldirishda davom etyapti.
Bir necha kun avval Yulduz Usmonovaning konsertiga AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spratlen tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda yana bir surat ommalashib ketdi.
Xabarlarga ko‘ra, 20 aprel kuni o‘tkazilgan navbatdagi konsert kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari ham mehmon sifatida ishtirok etishgan. Katta va bejirim guldasta bilan suratga tushgan Yulduz Usmonova bu gullar Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘llanganini ma’lum qilgan.
Albatta, bu tashrif nafaqat xonandaga quvonch, balki faxr ham bag‘ishlashi, shubhasiz.
Alohida qayd etish kerak, san’atkorning rasmiy saytida Instagram‘dagi sahifa soxta va yolg‘on xabarlar tarqatayotgani haqida xabar yozilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar