Yolg‘iz insonlar uchun mo‘ljallangan gumanoid robotlar sotuvga tayyorlanmoqda

Yolg‘iz insonlar uchun mo‘ljallangan gumanoid robotlar sotuvga tayyorlanmoqda

Xitoyda insonga o‘xshash gumanoid robot ommaviy ishlab chiqarish uchun taqdim etildi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, robot inson qiyofasini yuqori darajada takrorlay oladi.

Mazkur robotlar, avvalo, yolg‘iz yashovchi insonlar va 60 yoshdan oshganlar uchun hamroh sifatida taklif qilinmoqda. Ularning asosiy vazifasi muloqot va yolg‘izlikni kamaytirishga yordam berish sifatida izohlanmoqda.

Narxlar oddiy model uchun 119,8 ming yuandan boshlanadi. Bu 17,6 ming dollar atrofida. Kengroq imkoniyatlarga ega “Ultra” modeli esa 990 ming yuan, ya’ni 145,7 ming dollarga baholangan.

“Ultra” versiyasida mijoz robotning tashqi ko‘rinishini o‘z istagiga moslashtira oladi. Soch turmagi, yuz qiyofasi va kiyimlar tanlanadi. Buyurtma asosida robotni yaqin odam, taniqli shaxs yoki xayoliy qahramon ko‘rinishida tayyorlash mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar