JCH tarixida ilk bor: chempionlarga noyob uzuklar beriladi

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibi bo‘ladigan milliy terma jamoa futbolchilari tarixda ilk marta chempionlik uzuklari bilan taqdirlanadi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, turnir munosabati bilan jami 2026 ta maxsus chempionlik uzugi tayyorlanadi. Ularning 30 tasi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan terma jamoa futbolchilariga topshiriladi. Qolgan 1996 ta uzuk esa butun dunyo bo‘ylab futbol muxlislari uchun rasmiy sotuvga chiqariladi.
Shu tariqa, chempionlik uzuklarini topshirish an’anasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘oliblariga ham tatbiq etiladi. Shu vaqtga qadar bunday an’ana asosan Shimoliy Amerikaning yetakchi sport ligalarida qo‘llanib kelgan bo‘lib, endi u futbol tarixida ham yangi sahifa ochadi.






























Izohlar 0
…