Final oldidan Yamal jarohat oldi: Ispaniya xavotirdami?

Ispaniya terma jamoasining yosh yulduzi Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionati finali arafasida sonidagi noqulaylik sabab jamoa muxlislarini xavotirga soldi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda jamoadan alohida tartibda tayyorgarlik olib borgan. Mashg‘ulotlar jarayonida uning chap soniga maxsus bandaj taqilgani ham e’tibordan chetda qolmadi. Bu holat Yamalning salomatligi bo‘yicha turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Biroq ispaniyalik taniqli jurnalist Alfredo Martinesning ta’kidlashicha, vaziyat jiddiy emas va Lamin Yamal Jahon chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.
Ma’lumki, 2026 yilgi mundial finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Hal qiluvchi bahs 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da start oladi.
Yamal ushbu Jahon chempionatida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va Ispaniyaning finalgacha yetib kelishida muhim o‘rin tutdi.






























Izohlar 0
…