Hosila Rahimova konsertida kutilmagan e’tirofga sazovor bo‘ldi!

Xonanda Hosila Rahimovaning uzoq kutilgan konsert dasturi davomida yangragan e’tirof tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Tadbirga tashrif buyurgan turkiyalik mehmon san’atkor haqida iliq fikr bildirib, uning ijodini yuqori baholadi.
“Sizga allaqachon Xalq artisti unvoni berilishi kerak edi”, — degan mehmonning so‘zlari zalda o‘tirgan tomoshabinlar tomonidan qizg‘in olqishlar bilan qarshi olindi.
Ma’lumki, Hosila Rahimova 10 yillik tanaffusdan so‘ng yana katta sahnaga qaytib, muxlislari bilan uchrashmoqda. Konsert dasturi davomida xonanda yangi taronalar, yorqin sahna ko‘rinishlari va o‘ziga xos chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu e’tirof keng muhokama qilinmoqda. Ko‘plab muxlislar turkiyalik mehmonning fikriga qo‘shilgan holda, xonandaning san’atdagi o‘rni va ko‘p yillik mehnatini e’tirof etmoqda.





























Izohlar 0
…