Indira Miftahovaning tug‘ilgan kunidan yorqin lavhalar tarqaldi (video)

Indira Miftahovaning tug‘ilgan kunidan yorqin lavhalar tarqaldi (video)

Komik Indira Miftahovaning kecha, 26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan tug‘ilgan kunidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Videolardan ko‘rinishicha, bayram kechasi ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tgan. Indira Miftahovani tabriklash uchun uning yaqinlari, do‘stlari va san’at olamidagi ko‘plab hamkasblari bir joyga jam bo‘lgan.

Bayram oqshomiga tashrif buyurgan xonandalar Ruhshona, Sharof Muqimov va Otabek Madrahimov mehmonlar uchun ijrolarini taqdim etib, tadbirga yanada fayz bag‘ishlagan. Sho‘x va quvnoq qo‘shiqlar sadolari ostida mehmonlar raqsga tushib, bayramona kayfiyatdan zavq olgani videolarda aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu lavhalar muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Foydalanuvchilar izohlarda Indira Miftahovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga ijodiy muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar