
Kxanna aktyorlik faoliyatini 1970 yillarning boshida boshlagan va bir necha yil ichida Hindistonning sevimli aktyorlaridan biriga aylangan. Uning ishtirokidagi «Qalbim o‘g‘risi» (1976), «Amar, Akbar, Antoni» (1977), «Taqdir hukmdori» (1978), «Chandni» (1989) va boshqa filmlar o‘z davrida tomoshabinlarning sevimli kinosiga aylanib ulgurgan edi. Mahalliy matbuot uni «Bollivuddagi so‘nggi romantik aktyorlardan biri» deb atagan.

Shuningdek, Kxanna siyosatda ham faol ishtirok etgan — u «Hindiston xalq partiyasi» a’zosi bo‘lgan va parlament quyi palatasiga saylangan. Bundan tashqari, madaniyat va turizm vaziri bo‘lib, Tashqi ishlar vazirligida ham faoliyat yuritgan. Telekanalning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Kxanna kasalligi sabab aktyorlik va siyosiy faoliyatini yig‘ishtirishga majbur bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar