Muhammadiso Abdulxairovning IELTS haqidagi hazili ommalashdi (video)

Serqirra ijodkor Muhammadiso Abdulxairov navbatdagi hazilomuz chiqishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Bu safar u mashhur IELTS imtihoni mavzusini o‘ziga xos uslubda talqin qildi.
Tarqalgan videoda ijodkor IELTS'ning speaking qismida ishtirok etgan taqdirda qanday javoblar berishi mumkinligini yumor aralash ko‘rinishda namoyish etgan. Uning tabiiy harakatlari va kutilmagan javoblari ko‘pchilikka xush kayfiyat ulashdi.
Muxlislar fikricha, Muhammadiso Abdulxairovning hayotiy kuzatuvlari va o‘ziga xos hazil uslubi har qanday mavzuni qiziqarli kontentga aylantira oladi. Shu bois mazkur video ham qisqa vaqt ichida keng tarqalib, ko‘plab ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi.





























Izohlar 0
…