Muxlislar sevimlisi Ulug‘bek Qodirov bugun 43 yoshni qarshi oldi

Muxlislar sevimlisi Ulug‘bek Qodirov bugun 43 yoshni qarshi oldi
Qisqacha

Taniqli aktyor Ulug'bek Qodirov bugun 43 yoshga to'ldi va o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda. San'atkor o'z ijodiy faoliyatini «Ayol zoti» filmi orqali boshlagan bo'lib, «Telba», «Fotima va Zuhra», «Majruh» kabi filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. O'nlab muvaffaqiyatli rollari orqali o'zbek kinosining eng mashhur aktyorlaridan biriga aylangan ijodkor, so'nggi vaqtlarda xonandalik yo'nalishida ham o'zini sinab ko'rdi.

Bugun o‘zbek kinosining taniqli va sevimli aktyorlaridan biri Ulug‘bek Qodirov tavallud ayyomini nishonlamoqda. "Telba", "Fotima va Zuhra", "Majruh" kabi mashhur filmlardagi yorqin obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan san’atkor bugun 43 yoshga to‘ldi.

Ulug‘bek Qodirov san’atdagi ijodiy faoliyatini «Ayol zoti» filmi orqali boshlagan. Keyinchalik u o‘nlab film va seriallardagi muvaffaqiyatli rollari bilan o‘zbek kinosining eng mashhur aktyorlaridan biriga aylandi.

So‘nggi vaqtlarda aktyor muxlislarini yana bir yangiligi bilan quvontirdi. U aktyorlikdan tashqari xonandalik yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rib, bir nechta taronalarini taqdim etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar