Ohangaronda Lacetti piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 26 noyabr kuni soat taxminan 21:00 larda Ohangaron tumanining Shodmalik mahallasi hududidan o‘tgan A373 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida sodir bo‘lgan.
1987 yilda tug‘ilgan N.X. Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganida, 1982 yilda tug‘ilgan piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda avtomobil piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…