Ozodbek Nazarbekov nomi ostida DVD pleerlar ishlab chiqarilmoqda

Ozodbek nomli DVD pleer surati bir zumda telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda xafta yangiligiga aylandi. Kimlar fotoshop desa, kimlar esa Ozodbekni go‘yoki cho‘ntagiga tushadigan pullarni sanay boshladi. Biroq, suratlarni o‘zidanoq bu fotoshop emasligi ko‘rinib turibdi, deb xabar bermoqda «Sayyod.com».
Dunyo miqyosidagi mashxurlar nomi brendi ostida turli maxsulotlar bo‘lishi va ular asosan o‘sha yulduzning o‘ziga tegishli bo‘lishidan xabardormiz. Djey Lo va Antonio Banderas atirlari va xokazo... Mashxurlarning mualliflik brend maxsulotlari asosan atir doirasida bo‘lib turadi. O‘zimizni mashxurlardan olsak xam atirlari chiqqan yulduzlardan (adashmasam) Yulduz, Ozoda va Gugushalarni bilaman. Ammo xonandaga atalgan texnika chiqqani bizda yangilik bo‘lsa kerak.
Bunday biznes ko‘pincha xonandaning o‘ziga tegishli bo‘ladi, biroq Ozodbek xolatida bu aksi ko‘rinadi. «Sayyod.com» nashri bu borada Ozodbek Nazarbekovning fikri bilan qiziqdi.
Ozodbek Nazarbekov: - Ikki kun avval Andijonlik do‘stlarim suratini yuborishganida bundan xabar topdim. Bu muxlislarim yoki tijoratchilarmi boshqasidan xabarim yo‘q. Bunaqa ishlar birinchi marotaba emas, shuning uchun taajublanmadim.
Nashrning qayd etishicha shunday holat uchun: Ozodbek Nazarbekov o‘rnida boshqa bir pishiqrog‘i bo‘lsa kamida mazkur maxsulot sotuvidan yaxshigina foizga bemalol da’vo qila olishga xuquqi etarli bo‘lardi. Bu kamida! Ko‘pi bilan esa, maxsulot chiqarayotganlarni yaxshigina jarimaga soldirib maxsulot chiqishini taqiqlash xuquqiga xam ega. deb qushimcha ham qilib quydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing