"Ijodga qaytamanmi?"- Sardor Rahimxon yangi intervyu berdi

"Ijodga qaytamanmi?"-  Sardor Rahimxon yangi intervyu berdi

Sardor Rahimxon yangi intervyusida san’atni tark etganidan keyingi hayoti va qarashlaridagi o‘zgarishlar haqida batafsil gapirdi.

U 2019 yilda ijoddan ketgan va bu qaroridan bir zum ham pushaymon bo‘lmaganini bildirdi. Sobiq xonandaning so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda uning hayotga, boylikka va insonlarga yordam berishga bo‘lgan munosabati ancha o‘zgargan.

San’atdan ketgach, u "Yurak amri" insonparvarlik loyihasini tashkil etdi. 2023 yil kuzidan 2026 yil fevraligacha esa "Vaqf" xayriya jamoat fondida rahbar o‘rinbosari hamda xayriya ishlari bo‘yicha direktor vazifalarida ishladi.

Intervyuda Sardor Rahimxondan sahnaga qaytish ehtimoli haqida ham so‘raldi. U bu masalaga o‘zining bugungi hayotiy maqsadlari va tanlagan yo‘lidan kelib chiqib munosabat bildirdi.

Suhbatning yana bir qismi sun’iy intellekt bilan bog‘liq firibgarliklarga bag‘ishlandi. Uning aytishicha, ayrim shaxslar taniqli insonlarning ovozi yoki qiyofasini soxtalashtirib, odamlarni aldashga urinmoqda.

Sardor Rahimxon bunday materiallar orqali pul so‘rash, xayriyaga chaqirish yoki turli va’dalar berish holatlariga ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidladi. U har qanday shubhali xabarni rasmiy manbalar orqali tekshirish zarurligini aytdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar