Marjona Mirzaaliyeva o‘g‘liga uy sovg‘a qildi (video)

Marjona Mirzaaliyeva o‘g‘liga uy sovg‘a qildi (video)

Aktrisa Marjona Mirzaaliyeva muxlislari bilan quvonchli yangiligini bo‘lishdi. San’atkor Instagram sahifasida e’lon qilgan videosi orqali o‘g‘li Muhammadhabib uchun yangi uy xarid qilganini ma’lum qildi.

Aktrisaning aytishicha, ushbu xonadon shahar markazidan sotib olingan bo‘lib, u farzandi uchun uzoq vaqtdan beri niyat qilib yurgan orzusini amalga oshirgan.

Marjona Mirzaaliyeva videoga yozgan izohida shunday dedi:

“Alhamdulillah, farzandimga uy hadya qildim. Alloh mehribon va doim biz bilan. Robbimga behisob shukr. Bolajonim uchun shahar markazidan uy oldim. Eng quvonarlisi, bu uyni hech qanday qarzsiz va bo‘lib-bo‘lib to‘lashsiz to‘liq xarid qilib, farzandimga sovg‘a qildim. Allohim barchamizga hayrli yo‘l va hayrli taqdir bersin, doimo o‘z panohida asrasin. Yonimda bo‘lib, menga mehr va ishonch bergan barcha yaqinlarim hamda muxlislarimga ham cheksiz rahmat.”

Video davomida aktrisa muxlislarining ko‘pchiligi undan to‘y haqidagi xabarni kutganini ham aytib o‘tdi.

“Ko‘pchilik 'to‘y bo‘ldimi?' deb yozibdi. Yo‘q, hali unday emas. Xudo xohlasa, to‘y ham bo‘ladi. Hozircha hayotimda hech kim yo‘q. Asosiy yangiligim — o‘g‘lim uchun uy xarid qilganim edi. Hatto uyni olganimdan beri Muhammadhabibni ham hali bu yerga olib kelmaganman,” deya qo‘shimcha qildi aktrisa.

San’atkorning ushbu quvonchli xabari muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar Marjona Mirzaaliyevani samimiy tabriklab, yangi xonadon fayzli va qutlug‘ bo‘lishini tilab ezgu tilaklarini bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar