13:01 / 15.05.2017
10 834

Abdulla Qurbonov bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi

Abdulla Qurbonov bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi
Xonanda bundan bir necha yil avval bir o‘limdan qolgani haqida gapirdi:

“Otimni o‘lishini bilganimda, bir qop kepakka almashgan bo‘lardim”, deyishgan. Boshimga tushgan sinov haqida ham ‘Beayb Parvardigor, har bandada bir ayb bor. Meni aybim to‘qligimdir, to‘qligimdan sho‘xligimdir’ misrali qo‘shiq hozirlayapman. Bir yomonning yaxshisi bor. 2013 yil chet elda yashaydigan do‘stim Jaloliddin bilan qo‘ng‘iroqlashdim, oktyabrda ikkovimiz oilamiz bilan bir oy kemada sayr qilishga kelishdik. Rafiqam, to‘rt farzandimni olib, Floridadagi Disneylendga olib borishni ham reja qilib, bir yilga viza oldik. Lekin 27 avgust tarix zarvaraqlarida emas, yuragimda o‘chmas dog‘ bo‘lib qoldi. O‘sha sanada menga nisbatan jinoiy ish ochilib, chet elga borolmaganmiz...Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o‘limdan qolganman-da”—deydi Abdulla Qurbonov.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Abdulla Qurbonov bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi