«Turon» metro bekatida tom qismi bilan bog‘liq nosozlik aniqlandi

Toshkent metrosining Halqa yo‘lidagi «Turon» bekatida favqulodda holat yuz berdi. 16 iyul kuni soat 14:34 da bekat tom konstruksiyasida siljish aniqlangan.
Shu munosabat bilan mazkur uchastkada poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Mutaxassislar obyektni tekshirish va texnik ishlarni amalga oshirishga kirishgan.
Hodisa vaqtida ikki nafar yo‘lovchi yengil jarohat olgan. Ularga shifokorlar tomonidan joyida yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Yo‘lovchilar harakatida uzilish bo‘lmasligi uchun «Qipchoq» va «Quruvchilar» bekatlari o‘rtasida bepul avtobuslar qatnovi tashkil etildi.
«Toshkent metropoliteni» DUK tiklash ishlari davom etayotganini bildirdi va yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…