Xitoy o‘rmon yong‘inlariga qarshi dronli mashinani yaratdi

Xitoyda o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda yangi texnologiyalardan foydalanishga mo‘ljallangan maxsus o‘t o‘chirish mashinasi taqdim etildi. Mazkur avtomobil suv bombalarini tashlaydigan dronlar bilan jihozlangani bilan e’tibor qozonmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mashina bir vaqtning o‘zida 10 ta dronni olib yurish imkoniyatiga ega. Zarurat tug‘ilganda dronlar tezda havoga ko‘tarilib, odatiy texnikalar yetib borishi mushkul bo‘lgan tog‘li va o‘rmonli hududlarga uchadi hamda yong‘inni ilk bosqichidayoq bartaraf etishga xizmat qiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday texnologiya yong‘in o‘choqlariga tezkor yetib borish, olovning keng hududlarga tarqalishining oldini olish hamda qutqaruvchilar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi ishlanma ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashdagi zamonaviy va samarali yechim sifatida baholanmoqda.































Izohlar 0
…