Janubiy Koreya prezidenti uyini sotib, shaxsiy uysiz qoldi

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong o‘ziga tegishli yagona kvartirani sotganini va hozirda shaxsiy uy-joyga ega emasligini ma’lum qildi. U bu qarorini hukumat olib borayotgan uy-joy siyosatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida qabul qilganini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, prezident 1998 yildan buyon yashab kelgan 164 kvadrat metrlik kvartirasini joriy yilning fevral oyida sotuvga qo‘ygan. Uy 2,9 milliard von (taxminan 1,9 million AQSH dollari) evaziga xaridor topgan.
Li Je Myongning aytishicha, bu qadam ko‘chmas mulk bozorini tartibga solishga qaratilgan islohotlarni amalda qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarda hukumat siyosatiga nisbatan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda Janubiy Koreya hukumati uy-joy ta’minotini yaxshilash, yangi turar joylar sonini ko‘paytirish hamda investitsiya maqsadida bo‘sh saqlanayotgan kvartiralar sonini kamaytirishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirmoqda.






























Izohlar 0
…