Durdona Qurbonova orzusidagi avtomobilni xarid qildi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli xabarini bo‘lishdi. San’atkor yangi avtomobil xarid qilganini ma’lum qilib, yangi mashinasi bilan tushgan videolarni ham e’lon qildi.
Aktrisaning yaqin dugonasi Zarina Yo‘ldosheva ham Durdona Qurbonovani ushbu xarid bilan samimiy tabriklab, quvonchli lahzalarni o‘z kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Videolarda aktrisaning yangi mashinadan mamnunligi va quvonchi yuz-ko‘zidan yaqqol sezilib turadi.
Mazkur xabar muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda aktrisani yangi avtomobili bilan tabriklab, unga omad, xavfsiz yo‘llar va yangi xarid muborak bo‘lishini tilab ko‘plab samimiy fikrlar qoldirishmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…