Dilnozning qiziga bag‘ishlangan “Qizim” taronasi premyera qilindi (video)

Dilnozning qiziga bag‘ishlangan “Qizim” taronasi premyera qilindi (video)

O‘zining betakror ovozi va samimiy ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Dilnoz navbatdagi ijod mahsulini muxlislarga taqdim etdi. San’atkorning “Qizim” nomli yangi taronasi va unga ishlangan videoklip 17 iyul kuni soat 19:00 da rasmiy YouTube kanalida premyera qilindi.

Ma’lumki, xonanda 16 iyun kuni qiz farzandli bo‘lgan edi. Yangi tarona ham aynan uning dunyoga kelgan qizalog‘iga bag‘ishlangan bo‘lib, unda onalik mehri, cheksiz muhabbat va ezgu tilaklar o‘z ifodasini topgan.

Premyera e’lon qilinganidan so‘ng “Qizim” qisqa vaqt ichida ko‘plab tomoshalarni yig‘ishga ulgurdi. Qo‘shiqning mazmuni, ta’sirli so‘zlari va videoklipdagi samimiy lavhalar tinglovchilarda iliq taassurot qoldirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar Dilnozni navbatdagi ijodiy ishi bilan tabriklab yozishmoqda. Ko‘pchilik “Qizim” taronasi xonandaning eng samimiy va yurakka yaqin ijod namunalaridan biriga aylanishini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, videoklipdan ma’lum bo‘lishicha, xonanda qizalog‘iga Amani deb ism qo‘ygan. Muxlislar kichkintoyga uzoq umr, baxt-saodat tilab, Dilnozning oilasiga ezgu tilaklarini yo‘llashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar