Dilfuza Ismoilova: "Zo‘r xarakter o‘rganib oldim" (video)

Xonanda Dilfuza Ismoilova intervyularidan birida hayot davomida o‘zida shakllantirgan muhim odati haqida samimiy fikr bildirdi. San’atkorning aytishicha, u vaqt o‘tishi bilan boshqalarning fikrini ortiqcha o‘ylab siqilish o‘rniga, xotirjam bo‘lishni o‘rgangan.
"Zo‘r xarakter o‘rganib oldim. Oldin juda siqilib, deyarli jinni bo‘lib ketardim. Keyin o‘zimga: "Menga nima? O‘lsa, o‘lib ketmaydimi, menga nima?" deydigan bo‘ldim. Shunday qilmasangiz, juda qiynalib ketarkansiz. Men buni zo‘r o‘rganib oldim. Bo‘lmaydigan narsani o‘zgartirib bo‘lmas ekan, hech qachon", — dedi xonanda.
Dilfuza Ismoilovaning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘plab foydalanuvchilar xonandaning hayotga bunday yondashuvi to‘g‘ri ekanini ta’kidlab, o‘zlari ham vaqt o‘tishi bilan aynan shunday xarakter va dunyoqarashni shakllantirganini yozib qoldirmoqda.
Muxlislarning fikricha, ortiqcha tashvish va boshqalarning gap-so‘ziga berilmaslik insonning ruhiy xotirjamligi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.






























Izohlar 0
…