Otabek Mahkamov "Garri Potter" yulduzi bilan uchrashdi va milliy sovg‘a taqdim etdi (video)

Otabek Mahkamov "Garri Potter" yulduzi bilan uchrashdi va milliy sovg‘a taqdim etdi (video)

Aktyor, huquqshunos va bloger Otabek Mahkamov bir necha kun avval Instagram sahifasida muxlislarini quvontirgan videoni e’lon qildi. Unda u dunyoga mashhur "Garri Potter" filmlari orqali tanilgan britaniyalik aktyor Deniel Redkliff bilan uchrashgani aks etgan.

Mahkamov videoni aynan Deniel Redkliffning tug‘ilgan kuni munosabati bilan e’lon qilib, aktyorni samimiy tabriklaydi hamda O‘zbekistondan olib borgan milliy esdalik sovg‘asini topshiradi. Suhbat davomida Redkliff ham avvalgi uchrashuvda Otabek Mahkamov hadya qilgan kitob uchun o‘z minnatdorligini izhor etadi. Uchrashuv yakunida ular esdalik uchun birgalikda suratga tushishadi.

Otabek Mahkamov videoga yozgan izohida ushbu lavhani avval hech qayerda e’lon qilmaganini ta’kidlagan.

"Bugun sevimli aktyorim, "Garri Potter" filmi orqali butun dunyoga tanilgan Deniel Redkliffning tug‘ilgan kuni.

Shu munosabat bilan hali hech qayerda joylamagan videoni sizlar bilan bo‘lishyapman. Bu uchrashuvda unga O‘zbekistondan milliy esdalik sovg‘asini topshirdim. U esa avvalgi uchrashuvimizda sovg‘a qilgan kitobim uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Har safar dunyo mashhurlari bilan uchrashganimda ularga O‘zbekistonni eslatadigan sovg‘a taqdim etishga harakat qilaman.

Menimcha, yurtimizni va uning madaniyatini dunyoga tanitishning eng yaxshi yo‘llaridan biri ham shu.

Tug‘ilgan kuningiz bilan, Deniel!" — deb yozadi Mahkamov.

Mazkur video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muxlislar Otabek Mahkamovning O‘zbekiston madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga intilayotganini olqishlab, Deniel Redkliff bilan bo‘lgan samimiy uchrashuvni iliq fikrlar bilan qarshi olishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Deniel Redkliff 1989 yil 23 iyul kuni tavallud topgan. U bu yil 37 yoshni qarshiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar