
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan keyin o‘tgan yilning dekabr oyida katta sahnalarga qaytganidan xabaringiz bor. Xonandaning yana TV ekranlarda ko‘rina boshlashi, qo‘shiqlari radiolarda berilishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
O‘tgan oz vaqt mobaynida xonanda “Istiqlol” san’at saroyida 10 yildan keyin ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishga ham ulgurdi. 9-23 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan jonli ijrodagi konsert dasturi Yulduz Usmonovaning sahnadagi o‘rnini yanada mustahkamladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, deb yozmoqda Qalampir nashri.
Xonanda konsert dasturi doirasida “Ey, aziz inson” nomli yangi musiqiy albomini taqdim etgan edi. Ushbu albomdan o‘rin olgan “Qizg‘aldog‘im” nomli qo‘shiqqa esa rejissyor Jonrid Sagdiev tomonidan klip suratga olindi.
Klip qo‘shiq so‘zlariga monand tarzda tog‘li hududlarda suratga olingan. E’tiborlisi shundaki, mazkur klip O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning katta sahnalarga qaytganidan keyin tomoshabinlarga taqdim etayotgan ilk klipi. Mazkur klipni hoziroq ko‘rib, baho berishingizqa mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar