
«Taxtlar o‘yini» seriali mualliflari ettinchi mavsumga tayyorgarlik jarayonida suratga olish maydonidagi yonayotgan odamlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi. Bu haqda «Entertainment Weekly»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
«Olishuv sahnalaridan birida shuncha kaskadyorni yoqib yubordikki, hali hech kim bunga qo‘l urmagan», — deb maqtandi prodyuser va loyiha ssenariynavisi Devid Benioff.
Kaskadyorlar kuratori Rouli Erlemga ko‘ra, maydonda bir paytning o‘zida 20 kishi yongan. Sahnada esa jami 73 kishi yoqib yuborilgan. Serial syujeti bo‘yicha kishilarga olov purkovchi ajdarlar hujum qiladi.
Jami 7 seriyadan iborat yangi mavsum premerasi 16 iyul kuni HBO telekanalida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar