Huvaydo Jumayeva Bobur Mansurov bilan birga ijod qilish taklifi va gonorari haqida gapirdi

Huvaydo Jumayeva Bobur Mansurov bilan birga ijod qilish taklifi va gonorari haqida gapirdi

Aktrisa Huvaydo Jumayeva intervyularidan birida Bobur Mansurov bilan birga ijod qilishni qanday boshlagani haqida gapirdi. Undan Bobur Mansurov tomonidan taklif tushgan-tushmagani so‘ralgan.

“Rosa iltimos qildi. 'Keling, opa, keling, opa', dedi. Mayli, dedim. Ko‘ngliga qaray shu bolani, dedim”, — deya hazil aralash javob berdi aktrisa.

Suhbat davomida Huvaydo Jumayevadan gonorari qancha ekani ham so‘raldi.

“Sirli ham joyi yo‘q. Gonorarim unaqa qimmat emas — 1000”, — dedi u.

Aktrisadan bu 1000 dollar bitta video uchunmi, deb aniqlashtirilganda, u hazil bilan javob qaytardi.

“Ha. Shunga yarasha ijro ham qilib beraman. Qarang, qoshlarimni, qarang o‘ynatishimni. Hech kim qila olmaydi unaqa ishni”, — deya kulib qo‘shimcha qildi Huvaydo Jumayeva.

Aktrisaning Bobur Mansurov bilan birga suratga olayotgan vaynlaridagi ijrosi kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmagan. Izohlarda foydalanuvchilar ularning videolari yaxshi chiqayotganini ta’kidlab, Huvaydo Jumayevaning aktrisaligini ham e’tirof etgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar