G‘aybulla Tursunovning Humo Arena'dagi konsertidan yorqin lahzalar (video)

1 daqiqa o'qish3
G‘aybulla Tursunovning Humo Arena'dagi konsertidan yorqin lahzalar (video)

Xonanda G‘aybulla Tursunov 20 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena'da katta konsert dasturini taqdim etdi. Kechadan olingan ko‘plab videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar e’tiborini tortmoqda.

Tarqalgan kadrlarda konsert ko‘tarinki kayfiyatda, katta shodiyona ruhida o‘tgani aks etgan. Tomoshabinlar xonandani qo‘llab-quvvatlab, uning mashhur qo‘shiqlariga jo‘r bo‘lgan.

Konsertning esda qolarli lahzalaridan biri xonanda Jasmin bilan birgalikdagi chiqish bo‘ldi. Ikki san’atkor sahnada «Istayman» nomli duetni ijro etib, tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, G‘aybulla Tursunov «Quralay» qo‘shig‘ini kuylayotgan vaqtda Dili.me nomi bilan ijod qiluvchi bloger Dilshod Nazarov ham sahnaga chiqdi. Uning qo‘shiq ohangiga mos turli harakatlari aks etgan videolar ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Konsert davomida xonanda muxlislar yaxshi biladigan va sevib tinglaydigan xit qo‘shiqlarini ijro etdi. Sahnadagi chiqishlar, tomoshabinlarning jo‘shqin kayfiyati va kutilmagan mehmonlar kechaga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Konsert yakunida esa G‘aybulla Tursunov Humo Arena'da bunchalik ko‘p tomoshabin qarshisida chiqish qilish unga katta hayajon bag‘ishlaganini aytdi. Xonanda avval ham turli sahnalarda konsert bergan bo‘lsa-da, bu galgi chiqish taassurotlari o‘zgacha bo‘lganini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ham konsertga borgan muxlislar o‘z taassurotlarini yozib qoldirmoqda. Ko‘pchilik kechadan mamnun bo‘lganini, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, mazza qilganini bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?