Bred Pitt bilan ajrashgandan so‘ng o‘zini ancha yaxshi his eta boshlagan Anjelina Joli endi Sharliz Teronga qarshi “urush” ochmoqchi.
Xorijiy OAVning xabar berishicha, har ikki aktrisa “Frankenshteyn kelini” filmining bosh roliga da’vogarlik qilmoqda. Avvaliga film ijodkorlari bosh rolga Anjelina Jolini taklif qilishgan edi, biroq endi bu rol uchun Sharliz Teron ham “kurashayotgan” ko‘rinadi.
Ma’lum bo‘lishicha, film uchun yozilgan ssenariy Joli bilan bir qatorda Sharliz Teronga ham jo‘natilgan. Ammo Sharliz bu haqda hali lom-lim deganicha yo‘q. Albatta, film prodyuserlari bosh rolda Anjelinani ko‘rishni istashadi, ammo u rad etsa-chi?
Shu bois, tavakkal qilishni istamagan prodyuserlar Sharliz Teronni ham boy bergilari yo‘q. Bunday noxush holatlar Teronga yoqmasligi aniq, Anjelina esa bosh rol ijrosi bo‘yicha hali ham aniq bir to‘xtamga kelmagan. Qiziq, nima uchun har ikki aktrisa jim. Axir film uchun 20 million dollar taklif etilmoqda!
Mish-mishlarga qaraganda, Anjelina raqobatchisi bo‘lgan aktrisa Teronning asabiga tegish uchun atayin o‘z javobini orqaga surmoqda. “Urush” nima bilan tugashini esa yaqin kunlarda bilib olamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi