Agent 007 tanlovi yakuniy bosqichda: Jeyms Bond rolini kim ijro etadi?

Agent 007 tanlovi yakuniy bosqichda: Jeyms Bond rolini kim ijro etadi?

Afsonaviy Jeyms Bond haqidagi “Agent 007” franshizasining navbatdagi, 26-filmi ustida ish olib borilmoqda. 1962 yildan buyon tomoshabinlar e’tiborini qozonib kelayotgan ushbu turkumning yangi qismida Deniyel Kreyg o‘rnini kim egallashi hozircha sirligicha qolmoqda.

Deadline nashrining xabar berishicha, yangi Jeyms Bond roliga aktyor tanlash jarayoni yakuniy bosqichga yaqinlashgan. Nomzodlar orasida Kallum Terner, Jek Louden va Josh O‘Konnor bor. Shuningdek, yana bir aktyor yakuniy saralashda qatnashishi mumkin, biroq uning ismi hozircha oshkor etilmagan.

Yangi film rejissyori sifatida “Dyuna” filmlari bilan tanilgan Deni Vilnyov ish olib boradi. Ssenariy esa “Shelbilar oilasi” agent seriali ijodkori Stiven Nayt tomonidan yozilmoqda.

Hozircha Amazon MGM Studios yangi Agent 007 rolini kim ijro etishini rasman tasdiqlamagan. Shu sababli nomzodlar haqidagi ma’lumotlar hozircha OAV xabarlariga asoslangan.

Sizningcha, yangi Jeyms Bond roliga qaysi aktyor munosib?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar