Bomba tahdididan so‘ng Amitabh Bachchan muxlislari bilan himoya kabinasida uchrashdi

Bomba tahdididan so‘ng Amitabh Bachchan muxlislari bilan himoya kabinasida uchrashdi

Hind kinosining afsonaviy aktyorlaridan biri, 84 yoshli Amitabh Bachchan Mumbaydagi uyi oldida an’anaviy tarzda muxlislari bilan uchrashdi. Biroq bu galgi uchrashuv avvalgilaridan xavfsizlik choralari bilan farq qildi.

Aktyorning yashash manziliga bomba qo‘yilgani haqida tahdid kelib tushganidan so‘ng, xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Shu sababli Amitabh Bachchan muxlislari bilan o‘q o‘tmas ekani aytilgan shaffof himoya kabinasi ichidan ko‘rishdi.

Ma’lumki, aktyor ko‘p yillardan buyon har yakshanba kuni uyi oldida to‘plangan muxlislari bilan uchrashib, ularga salom berishni odat qilgan. Bu safar ham an’ana davom etdi. Unga o‘g‘li, aktyor Abhishek Bachchan hamrohlik qildi.

Uchrashuv davomida olingan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Ayniqsa, mashhur aktyorning muxlislari bilan himoya kabinasi ortidan salomlashgani muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar