Diyora Alimova Dilnoza Kubayevaga qay darajada o‘xshaydi? (video)

Diyora Alimova Dilnoza Kubayevaga qay darajada o‘xshaydi? (video)

Yosh va iste’dodli aktrisa Diyora Alimova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayevaning nafaqat shogirdi, balki ayrim jihatlari bilan unga o‘xshash ijodkorga ham aylanmoqda. Aktrisa «Omon-omon» ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, ustoziga bo‘lgan hurmati va undan o‘rganganlari haqida so‘zlab berdi.

Diyora Alimovaning aytishicha, Dilnoza Kubayevani bolaligidan yaxshi ko‘rib, ijodini kuzatib kelgan. U aynan shunday san’atkor bilan birga ishlash va bir sahnada rol ijro etish imkoniyatini katta omad deb biladi.

«Dilnoza Kubayeva — mening ustozim. Ular bilan ishlash menga juda katta omad keltirdi. Men ularni yoshligimdan juda yaxshi ko‘rardim. Haqiqatan ham, chin dildan yaxshi ko‘rgan aktrisangiz bilan bir rolda o‘ynashingiz, uning ijodini kuzatib, unga o‘xshashga harakat qilishingiz bejiz emas ekan. Xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, vaqt o‘tib, qaysidir ma’noda unga o‘xshab borarkansiz», — deydi Diyora.

Darhaqiqat, yosh aktrisaning ustoziga bo‘lgan mehri va havasini uning so‘zlaridan ham anglash mumkin. Xo‘sh, sizningcha, Diyora Alimova va Dilnoza Kubayeva bir-biriga qanchalik o‘xshaydi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar