Tabiatning hazilimi? AQSH prezidenti Donald Trampga juda o‘xshash baliq topildi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda AQSH prezidenti Donald Trampga juda o‘xshash baliq tasvirlari keng tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. Gap tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadigan Longhorn Cowfish (Lactoria cornuta) haqida ketmoqda.
Ushbu baliq sariq rangi, oldinga bo‘rtib chiqqan og‘zi va boshidagi shoxga o‘xshash o‘simtalari bilan o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Aynan shu jihatlari sabab internet foydalanuvchilari unga hazil tariqasida «Tramp-baliq» deb nom berishgan.
Baliqning surat va videolari, ayniqsa, TikTok hamda Instagram platformalarida tez tarqalmoqda. Foydalanuvchilar uning tashqi qiyofasini Donald Tramp bilan taqqoslab, turli hazilomuz izohlar qoldirishmoqda.
«Haqiqatan ham unga juda o‘xshaydi», «Hatto yuz ifodasi ham bir xil», «Xuddi tabiatning o‘zi internet uchun hazil tayyorlagandek», — deya yozishmoqda ular.
Shu tariqa, noodatiy ko‘rinishga ega dengiz jonzoti internetning navbatdagi muhokama mavzusiga aylandi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…