
Xonanda Dj Piligrim o‘g‘li Isomning onasi “Se tanho” guruhi yakkaxoni Kamila bilan yarashgani ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining muhokama mavzusiga aylandi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.
Gap shundaki, Ilhom Yo‘lchiev(Dj Piligrim) Instagram`dagi sahifasiga sobiq rafiqasi Kamila va o‘g‘li Isom bilan xorijda tushgan suratlarini joylashtirdi. Mazkur suratlar Ilhom va Kamilaning muxlislarini quvontirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Internet foydalanuvchilari suratlar izohiga “Yarashdingizmi? Baxtli bo‘linglar!”, “Vanihoyat, baxtingizga ko‘z tegmasin!”, “Chiroyli juftlik”, “Sizning o‘g‘lingiz bor, birgalikda baxtli bo‘ling!” qabilidagi so‘zlarni yozib qoldirmoqda.


Ma’lumot uchun, Dj Piligrim va Kamila o‘g‘illari Isom bilan ayni damda Ispaniyaning dunyoga mashhur dam olish maskanlaridan birida hordiq chiqarmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar