
2011 yildan buyon O‘zbekistonda turk seriallari, filmlari va qo‘shiqlari norasmiy taqiqqa uchragan edi. Televidenielarda turk filmlari va seriallari namoyishi to‘xtatilganiga ham 6 yil to‘ldi.
“Muhtasham yuz yil” seriali butun dunyoda katta shuhrat qozongan bir vaqtda bu serial O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilmadi. Serialning kitob ko‘rinishadagi shakli “Darakchi” gazetasida nashr etildi.
Ayni paytda telekanallarda turk filmlari namoyishiga start berildi. “Zo’r TV” telekanali esa otni birinchilardan bo‘lib qamchilab, shu kunlarda turk telekanallari orqali tilga tushgan “Kara Sevda” serialini o‘zbek tilida “Sevgi iztiroblari” nomi bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola etish taraddudini ko‘rmoqda.
Mazkur serialda bosh rollarni Burak O‘zchivit, Neslixan Otagul, Melissa Asli Pamuk ijro etishgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar