
“Titanik” filmi yulduzlari Leonardo Dikaprio, Keyt Uinslet va Billi Zeyn muzliklarni qutqarish uchun qayta birlashishdi. Aktyorlarning birgalikda tushgan suratini Zeynning instagramida ko‘rish mumkin.

Fotosurat Leonardo DiCaprio Foundation tomonidan tashkil etilgan va iqlim o‘zgarishi muammolariga bag‘ishlangan xayriya tadbiri vaqtida olingan.
Eslatib o‘tamiz, “Titanik” filmi 1997 yilda taqdim etilgan bo‘lib, mashhur kemaning halokatga uchrashi haqida hikoya qiladi. Zeyn Uinslet qahramonining qallig‘i rolini talqin qilgan.
“Endi biz aysberglarni qutqarmoqdamiz”, — deya hazil qilgan Zeyn yangi birgalikdagi suratga qoldirgan izohida.
Manba: kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar