Odatda film va seriallarda chiqqan aktyorlar ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘ladi. Balki bunga grimm orqali erishilar. Axir, sir emas, kino suratga olish jarayonida har bir aktyor va aktrisalarning yuzlariga maxsus kosmetik bo‘yoqlar surtiladi. Buni qarangki, AQShlik plastik jarrohlar grimmsiz ham ko‘rkam chehraga ega bo‘lgan aktyorlar nomini ma’lum qilishdi. Ular kim deysizmi? Marhamat, tanishing.
Rayan Gosling. Ekspertlarning fikricha, kanadalik aktyor Rayan Gosling 87,48% lik ideal ko‘rinishga ega. Joriy yilda Gosling “La-la-lend” filmidagi ijrosi uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Biroq, aktyorga mazkur rol uchun “Oskar” mukofotini olish nasib etmadi. Ammo hali hammasi oldinda.
Uill Smit. Komik aktyor, musiqachi Uill Smit esa plastik jarrohlarning fikriga ko‘ra, 88,88% lik ideal yuzga ega. Smit – vafodor turmush o‘rtoq va mehribon ota. So‘nggi yillarda uning farzandlari otasi bilan birga ishlay boshlashdi. Jumladan, Qizi Uillou Smit otasi bilan birga “Men - afsona”, o‘g‘li esa “Eramizdan keyin” nomli filmlarda suratga tushdi.
Bred Pitt. O‘zining rollari va tashqi ko‘rinishi bilan ko‘pchilikning qalbidan joy olgan Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashuvidan so‘ng o‘zining avvalgi nufuzini biroz yo‘qotdi. Biroq, bu uning ideal ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Ekspertlar Bred Pittning ideal ko‘rinishini 90,51%ga loyiq ko‘rishdi.
Jorj Kluni. Eng ko‘rkam ko‘rinishga ega erkak sifatida ekspertlar aktyor Jorj Klunini e’tirof etishdi. Gollivud aktyori 91,86% lik ideal qiyofaga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...