Rejissyor Zulfiqor Musoqovning "Abdullajon" filmidagi Abdullajon roli orqali muxlislarga yaxshi tanish aktyor Shuhrat Qayumov yana bir o‘zbek filmida suratga tushmoqda. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Film ijodkorlarining ma’lum qilishicha, mazkur yangi kartina "Temur" deb nomlangan bo‘lib, u jangari janrda.
Filmda bosh rollarni Alixan taxallusi bilan tanilgan Nurmuhammad Husniddinov hamda Elyor Mahkamovlar gavdalantirishmoqda. Shuningdek, kartinaga o‘zbek aktyorlaridan tashqari Gollywood hamda qozog‘istonlik aktyorlar ham jalb etilgani aytilmoqda.
Filmning dastlabki suratga olish ishlari shu yilning yoz oyi o‘rtalarida Jizzax viloyatida boshlangan. Film rejissyori Ayyub Shahobiddinov.
Ma’lumot uchun, “Abdullajon” filmi 1992 yilda ekranlarga chiqqan. Unda Abdulajonni taniqli operator Malik Qayumovning nabirasi Shuhrat Qayumov ijro etgan. Aktyor bugungi kunda operator sifatida faoliyat olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»