Ahad Qayum tanqidchilarga javob berdi: “Bilmay turib gapirish oson”

Ahad Qayum tanqidchilarga javob berdi: “Bilmay turib gapirish oson”

Aktyor, rejissyor va shoir Ahad QayumNavo mehmonda” dasturidagi suhbatida ijtimoiy tarmoqlarda negativ fikr bildiradiganlarga keskin munosabat bildirdi.

Shoirning aytishicha, u ijodiy faoliyatini boshlagan paytda hatto yaqinlari ham bundan hayratda qolgan: “Men she’r yozib Ahad Qayum bo‘lib chiqqanimda sinfdoshlarim ham, do‘stlarim ham hayron bo‘lgan. Aslida, qiziqishim matematika, fizika kabi aniq fanlar va kinoga bo‘lgan. She’rlarni esa kino sohasida yaxshi aktyor bo‘lishim uchun yodlaganman”, — dedi u.

Shuningdek, u o‘ylamasdan turib fikr bildiradiganlarga nisbatan tanqidiy fikrlarini ham yashirmadi: “Bilmasdan turib fikr bildirish meni hayratda qoldiryapti. Kimdir yutuqqa erishsa, buni mehnat bilan bog‘lashmaydi. Aksincha, kimdir yordam bergan deb o‘ylashadi. Yoki kimdir qimmatbaho narsa olsa, uni kimdir olib bergan, deyishadi”, — deya ta’kidladi shoir.

Ahad Qayum, ayniqsa, san’atkorlar va taniqli shaxslarga nisbatan asossiz tanqidlar yozadiganlar haqida savol bilan murojaat qildi: “Shunaqa fikrlar yozayotgan odamlar o‘zi kim? Ular hayotda qanday toifadagi insonlar ekan?” — dedi u.

Uning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar