
Avval xabar berilganidek, Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Tadbirda milliy taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida davlat rahbari ayni paytda Jurnalistlar ijodiy uyushmasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanayotganligini ma’lum qildi. Ushbu hujjatda Uyushmaning moliyaviy manbalarini aniqlash, viloyat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, Uyushma xodimlarining mehnat sharoitini yaxshilash kabi masalalar o‘zining amaliy ifodasini topadi.
Ta’kidlanishicha, qarorda Yozuvchilar uyushmasi yil oxiriga qadar yangi binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan uning idorasini Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga berish ko‘zda tutiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar