16:06 / 04.08.2017
7 432

Ozodbek Nazarbekov:“Ittifoqning advokati bo‘lib qoldim”

Ozodbek Nazarbekov:“Ittifoqning advokati bo‘lib qoldim”
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” teleradiokanali rahbarligidan ketganligi haqida avval xabar bergan edik.

Nazabekov rahbarlikdan ketgan bo‘lsada, “Yoshlar qabulxonasi” ko‘rsatuvining ikkinchi sonini tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etdi va boshlovchilik qildi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Navbatdagi ko‘rsatuv O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatiga bag‘ishlandi. Unda ish boshlaganiga bir oy bo‘lgan ittifoqning faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Yoshlar ittifoqi nomidan ko‘rsatuvda Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari hamda 3 nafar bo‘lim mudiri ishtirok etdi. O‘zaro suhbat tarzida kechgan bahslarda tashkil topganiga bir oy bo‘lgan ittifoq nimalarni amalga oshirganligi, qilingan ishlar bo‘yicha aniq ma’lumotlar berishlarini talab qilishdi. Mutasaddilar ittifoqning tashkiliy ishlari ketayotganini, shunday bo‘lsada, nimlardir qiliniganini aytishgan bo‘lsa, studiyaga tashrif buyurgan mehmonlar kelgusida tugatilgan “Kamolot” YoIHning qilgan hatolarini takrorlamaslik, yoshlar ichiga yanada yaqinoroq kirib borish kerakligini aytishdi.

Ko‘rsatuv jarayonidagi savol-javoblarda Ozodbek Nazarbekov ittifoq tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, dasturlar haqida ko‘proq to‘xtalgani uchun “Ittifoqning advokati bo‘lib qoldim”, deya lutf qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov:“Ittifoqning advokati bo‘lib qoldim”